"Dinamo" 20-turdagi "So‘g‘diyona" bilan o‘yin yuzasidan rasmiy shikoyat kiritdi

  • 22 avgust, 13:27
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga 20-turidan o‘rin olgan "So‘g‘diyona" - "Dinamo" uchrashuvi yakunlangach, "Dinamo" klubi hakamlik yuzasidan rasmiy shikoyat arizasi kiritgandi. Kecha klub o‘yinning aynan qaysi epizodlariga nisbatan e’tirozini borligini bildirib, Ligaga rasmiy xat yo‘lladi.

Shikoyat kiritishda "Dinamo" "Superliga va Proliga reglamenti"da ko‘rsatib o‘tilgan bandlarga to‘liq rioya qildi. Ya’ni, uchrashuv yakunlangach klub 30 daqiqa ichida qaydnomaga rasmiy shikoyat kiritdi. 24 soat ichida esa aynan qaysi epizodlardan norozi ekanligi borasida xat yo‘lladi. Quyida e’tirozlar aynan qaysi voqealarga nisbatan ekanligi keltirib o‘tiladi:

• 3-daqiqa: Anvarjon Hojimirzaevning Ivanovich tomonidan jarima maydonchasi ichida to‘xtatib qolinishi;

Tecno

• 9-daqiqa: Sanjar Qodirqulovning hakam tomonidan ogohlantirilishi;

• 11-daqiqa: Anvarjon Hojimirzaevga nisbatan ishlatilgan qo‘pollikka nisbatan bosh hakamning qarori;

• 31-daqiqa: Fransisko Ferreyra hamda Suhrob Izzatov o‘rtasidagi kurashga nisbatan bosh hakamning reaktsiyasi;

• 75-daqiqa: "So‘g‘diyona" futbolchisi Nodirjon Soibovning maydondan chetlatilmagani;

• 90+6-daqiqa: "Dinamo" darvozasiga penalti belgilanishi.

Liga mutaxassislari ham mazkur vaziyatlarni o‘rganib chiqqach, yuqorida qayd etilgan holatlarning ayrimlariga nisbatan ularda ham savollar paydo bo‘ldi. Endilikda "Dinamo" klubining shikoyati yuzasidan O‘zFHM tushuntirish berishi talab qilinadi va mazkur javob Liga sahifasida e’lon qilinadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!