"Real" Kroos va Modrichni o‘rnini egallay oladigan futbolchi topdi

  • 22 avgust, 17:47
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Kristal Pelas" yarim himoyachi Adam Uortonga "Real" qiziqish bildirmoqda.

Tecno

AS xabariga ko‘ra, madridliklar Toni Kroos yoki Luka Modrichga o‘xshash futbolchi - tempni boshqarishga qodir va jamoa o‘yinini orqa chiziqdan yo‘naltira oladigan yarim himoyachi qidirmoqda.

"Real"ga "Kristal Pelas"dagi 21 yoshli Uortonning profili yoqmoqda. Angliya klubi xavbek uchun 80 mln evrodan kam bo‘lgan takliflarni ko‘rib chiqmaydi.

"Qaymoqranglilar" Adam transferiga faqat yirik sotuv bo‘lgan taqdirdagina, masalan, Rodrigo transfer qilingandagina urinib ko‘radi. Braziliyalik futbolchiga "Manchester Siti" qiziqish bildirmoqda, ammo futbolchining o‘zida klubni tark etish istagi yo‘q, shuningdek, u bo‘yicha rasmiy taklif ham yo‘q. Agar taklif paydo bo‘lsa, "Real" Rodrigoni 80-90 mln evrodan kamiga qo‘yib yubormaydi.

Shuningdek, Uortonga "MYu", "Liverpul" va "Siti" da’vogarlik qilmoqda. Futbolchining shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!