2018-2019 yilgi mavsumda Rossiyadan 3ta jamoa EChLda qatnashadi

  • 15 mart, 2017, 08:47
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor kecha Chempionlar ligasi 1/8 final javob uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Turinda "Yuventus"ga imkoniyatni boy bergan "Portu" musobaqa bilan hayrlashdi. O‘tgan haftada esa Portugaliyaning boshqa bir klubi "Benfika" ham turnirdan chiqib ketgan edi. Bu esa UEFA koeffitsientlar jadvalida Rossiyaning 6-o‘rinni egallashiga sabab bo‘ldi. 
Ta’kidlash kerakki, ayni damga kelib Evrokuboklarda Portugaliyaning birorta jamoasi qolmadi. Shundan ham bilish mumkinki Portugaliya endi koeffitsientlar jadvalida Rossiyadan o‘tib keta olmaydi.

Tecno


Ma’lumot uchun, ayni damda Rossiya 50,532 ballga ega, Portugaliya hisobida esa 49,332 ball bor. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki 2018-2019 yilgi mavsumdan boshlab Rossiya uchun Chempionlar ligasiga 3ta o‘rin ajratiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!