
2020 yilgi mavsumda "Nasaf"dan o‘zgacha xet-trik
"Nasaf" o‘z tarixida uchinchi marotaba Superligada kumush medallarini (2011, 2017, 2020), U-21 birinchiligida bronza medallarini, U-18 jamoasi esa ketma-ket uchinchi marotaba O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritdi (2018, 2019, 2020). Darhaqiqat, bu o‘rinlar "Nasaf" jamoalari uchun begona emas. Chunki "ajdarlar" kumush medalga ilk marotaba 2011 yilda ega chiqqan bo‘lsa, jamoa yoshlari o‘z birinchiligida O‘zbekiston chempionligiga erishgandi.
Yana bir qiziq jihat: Umidjon Ergashev, Umarbek Eshmurodov, Sharof Muhitdinov, Islom Kenjaboev, G‘olib G‘aybullaev, Dilshod Saitov, Bobir Abdixoliqov jamoa bilan ikkinchi marotaba kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Husayn Norchaev mavsum davomida bosh jamoa, U-21 hamda U-18 jamoalari tarkibida harakat qilib O‘zbekiston chempioni, Superliga kumush medali va U-21 birinchiligi bronza medalini qo‘lga kiritgan ilk futbolchi bo‘ldi.
"Nasaf" futbolchisi ajoyib natija qayd etdi. U bu mavsum chempionlikka, kumush va bronza medallariga ega chiqdi
Jamoa Ro‘ziqul Berdiev qo‘l ostida oltinchi marotaba sovrinli o‘rinni qo‘lga kiritdi:
2017, 2020 yilgi mavsumda chempionatning kumush medallari sohibi;
2013, 2014, 2015, 2016 yillarda chempionatning bronza medallari sohibi;
2015 yilda O‘zbekiston kubogi;
2016 yilda O‘zbekiston Superkubogi.
2020 yilda «Nasaf» futbol klubi natijalari:
Bosh jamoa. Kumush medallari sohibi
U-21. Bronza medallari sohibi
U-18. O‘zbekiston Chempioni
2020 yildagi mavsumda jamoa to‘purarlari:
1.Bobir Abdixoliqov 17 gol
2.Marko Stanoevich 6 gol
3.Islom Kenjaboev 5 gol
4.Oybek bozorov 5 gol
5.Sharof Muhitdinov 5 gol
6.Husayn Norchaev 3 gol
7.Akmal Mozgovoy 2 gol
8.Shohmalik Komilov 1 gol
9.Dilshod Rahmatullaev 1 gol
10.Dilshod Saitov 1 gol
Fikrlar