2025 yil yakunida UFC tarixidagi eng katta janglardan biri bo‘lib o‘tadi!

  • 19 may, 18:49
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Jon Jons va Tom Aspinal – UFC og‘ir vazn toifasida unifikatsiya janggiga yaqinlashmoqda.

Tecno

Amerikalik oxirgi yillarda Siril Gan va Stipe Miochich kabi gigantlarni mag‘lub etgan holda og‘ir vaznda chempionlikni qo‘lga kiritdi. U allaqachon o‘zining kuchli jismoniy imkoniyati, ajoyib texnikasi va noyob jang uslubi bilan raqiblarining qo‘rqinchli tushiga aylanib ulgurdi.

Angliyalik esa so‘nggi janglarida Kyortis Bleyds va Sergey Pavlovich kabi yirik nomlarni taslim etdi. O‘zining tezkor zarbalari bilan tanilgan Aspinall vaqtinchalik chempion sifatida asosiy kamar uchun bahsga tayyor.

UFC prezidenti Dana Uayt mazkur to‘qnashuv bu yil o‘tkazilishiga 100%  ishonch bildirdi va yaqin kunlarda sanasini ham e’lon qilishga va’da berdi. Ushbu qarama-qarshilik Las-Vegas yoki Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tishi mumkin.

Jons ijtimoiy tarmoqlarda hayotdagi boshqa jihatlarga ham vaqt ajratayotgani, ammo bo‘lajak kurashga to‘liq tayyorligi haqida aytib o‘tdi. Tom esa bu jangni sabrsizlik kutayotganini ma’lum qildi. 

Mazkur to‘qnashuv UFC og‘ir vazn tarixida yangi sahifa ochishi va har ikki jangchi karerasidagi eng muhim daqiqalardan biri bo‘lishi aniq!
 

Zeboniso Hamidova tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!