
2030 yilgi jahon chempionati uchun 4 ta mamlakat qo‘shma ariza topshirdi
Janubiy Amerikaning to‘rtta davlati 2030 yilgi jahon chempionatini o‘tkazish uchun qo‘shma ariza topshirdi. AFP xabariga ko‘ra, musobaqa Urugvay, Argentina, Chili va Paragvaydagi stadionlarda o‘tkazilishi mumkin.
Shuningdek, turnirga mezbon bo‘lish uchun quyidagi jamoalar ham ariza bergan: Marokash; Ispaniya va Portugaliya (qo‘shma ariza); Bolgariya, Ruminiya, Gretsiya va Serbiya (qo‘shma ariza).
Mezbon (lar) nomi 2024 yilda FIFAning 74-kongressida aniqlanadi.
Ma’lumot o‘rnida, 1930 yilda Urugvay tarixidagi birinchi jahon chempionatiga mezbonlik qilgan. 1978 yilda turnir Argentinada, 1962 yilda esa Chilida o‘tkazilgan. Biroq Paragvay hali turnir o‘yinlari o‘zida qabul qilmagan.
Fikrlar