“Lokomotiv” o‘rtoqlik uchrashuvida “Qizilqum”ni mag‘lub etdi

  • 12.11.2016 16:10
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, ayni paytda milliy chempionatimizda qisqa tanaffus yuzaga kelgan. Shu sababli Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi bugun Navoiyning “Qizilqum” jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi. Bu haqda “Loko” rasmiy sayti xabar bermoqda.

Tecno

Qiziqarli ko‘rinish olgan matchda “temiryo‘lchilar” 2 ta to‘p farqi bilan zafar quchishdi. Gollarga Sadriddin Abdullaev bilan Azizbek Omonov mualliflik qilishdi.

O‘rtoqlik uchrashuvi. 12 noyabr

«Lokomotiv» — «Qizilqum» 2:0

Gollar: S. Abdullaev (20), A. Omonov (90)

“Lokomotiv”: Ma’mur Ikromov (Sarvar Karimov — 46), Nemanya Yanichich, Ikrom Aliboev, Salim Mustafoev, Sherzod Fayziev, Timur Kapadze (Farrux Ibrohimov — 71), Kaxi Maxaradze (Sergey Proxorov — 46), Oleg Zoteev, Sadriddin Abdullaev, Sanjar Shoahmedov, Temurxo‘ja Abduxoliqov (Bobur Tillaboev — 82).

“Qizilqum”: Erkin Jabborov, Georgi Kvesieshvili, Akmal Rustamov (G‘ayrat Jumaev — 73), Fayzullo Qambarov, Azizbek Usmonov, Erkin Boydullaev, Jasur Hasanov, Nodirxon Kamolov, Nemanya Yovanovich, Vohid Shodiev, Alisher Yusupov

Chetlatish: Azizbek Usmonov (“Qizilqum”, 86).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!