26 yoshli MMA jangchisi vafot etdi. Politsiya jinoiy ish qo‘zg‘atdi

  • 2 yanvar, 22:40
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Kuni kecha aralash yakkakurashlar bo‘yicha Yangi Zelandiya jangchisi Xakaraya Uilson 26 yoshida vafot etdi.

Tecno

"Daily Mail" nashri xabariga ko‘ra, Uilsonning jasadi ona shahri Gisbornda topilgan, u erda sportchi "Rhythm and Vines" musiqa festivaliga borgan. Politsiya jangchining o‘limi yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atdi.

Ma’lumot uchun, yangi zelandiyalik o‘zining so‘nggi jangini 2024 yil 27 oktyabrda Balidagi "Canggu Fight Night 32" turnirida filippinlik Mark Alkobga qarshi o‘tkazib, texnik nokaut evaziga g‘alaba qozongan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!