
3 gol uchun yiliga 20 million funt..?
Aleksis Sanches Premer Liganing eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisi hisoblanadi. Biroq u «Arsenal»da bajaradigan hujumchilik vazifasini Manchesterda bajarayotgani yo‘q.
Joze Mourino va «Manchester Yunayted» nihoyat anchadan beri kuzatilmayotgan qatorasiga uch marta g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Chempionlar Ligasi doirasida «Valensiya»ga qarshi uchrashuvdan oldin «qizil iblislar» «Vulverxempton», «Derbi Kaunti» va «Vest Xem» ga qarshi baxslarda jamoa o‘ziga bo‘lgan ishonchni orttirib bordi.
«Brayton» va «Tottenxem»dan uchralgan mag‘lubiyatlar shunchaki pastga sho‘ng‘ish bo‘lgandi. «MYu»ning obro‘si shundaki har qanday mag‘lubiyat uning inqirozga yuz tutayotgani bilan bog‘lashadi. Qatorasiga ikki mag‘lubiyat va biz parokandalik haqida gapira boshladik.
Mourinoning Ispaniyadagi vazifasi kabi «taqachilar»ga qarshi o‘yindan keyin u matbuot oldida chidab turolmadi va OAV orqali eng qimmat futbolchisi Pol Pogba bilan «dahanaki jang»ni boshlab yubordi. Bunday holatni ko‘rib «Manchester Yunayted» katta futboldan ko‘ra bema’ni operaga o‘xshab qolayotgandek taassurot uyg‘otadi.
«Byornli», «Uotford» va «Yang Boys» kabi klublar qo‘rqib o‘tiradigan jamoalar emas va «MYu» ularning hammasini taslim qildi. Xususan, mavsum boshidan beri tanqidlarga uchrab kelayotgan Pogba o‘zini yorqin tarzda namoyish qildi. Lyuk Shou va Romelu Lukaku o‘yinlarini topib olganini ko‘rsatishdi.
Aftidan Mourino qo‘li ostidagilarning barchasi nihoyat sport formasini tiklab olgandek ko‘rinadi. Biroq yana bir echimi kutilayotgan muhim masala bor. Bu ham bo‘lsa klubning eng «pul topar» futbolchisi Aleksis Sanches hisoblanadi.
Chililik futbolchi tartibli o‘ynamoqda. U mehnatkash va samarali o‘yin ko‘rsatmoqda. Ushbu mavsumda biror futbolchi Sancheschalik (9 ta) ko‘p golli imkoniyatlar yaratmagan. «Barselona»ning sobiq futbolchisi «qizil iblislar» hujumining haqiqiy etakchisiga aylangan, ushbu tarafdan u o‘z ishini a’lo darajada uddalayapti.
Biroq u bundan ham yaxshirog‘ini qilishi mumkin. Chilining o‘smirlar termasini 2007-yilda Jahon Chempioniga aylantirgan Xose Sulantay ushbu haftada portugaliyalik murabbiy shogirdining imkoniyatlaridan to‘liq foydalanishda noto‘g‘ri taktikadan foydalanayotganini aytib o‘tdi.
«Men u muvozanatni yo‘qotgani va biroz salbiy o‘yin ko‘rsatayapti degan fikrdaman. Agarda u bunday uslubda o‘ynashda davom etsa, u o‘zining avvalgi yuqori sport formasiga chiqishi qiyin kechadi» – dedi El Mercurio ga bergan intervyusida.
«Himoyaviy uslubda Mourino unga ozgina yordam bermoqda, uzun paslar orqali tezda hujumga o‘tishda Sanchesning foydasi tegishi aniq. Umid qilamizki bu yanada yaxshilanib boraveradi.»
Albatta Mourinoning o‘yin uslubi Marselo Belsanikidan tubdan farq qiladi. Biroq Aleksis professional futbolchiga aylanib ulgurgan, u turli ko‘rsatmalarga tezda moslashib ketishi shart.
Sulanteyning gaplari tushuntirishdan ko‘ra ko‘proq uzrga o‘xshaydi. Bundan tashqari Sanches yomon sport formasida ham emas. U shunchaki bunday saviyada «Manchester Yunayted»ga kelib qo‘shilganidan beri o‘ynab kelmoqda.
Football Leaks da germaniyalik jurnalist Rafael Bushmann tomonidan klub va futbolchi o‘rtasida imzolangan shartnoma bandlari sizib chiqarilgandi. Undagi ma’lumotlar shunchaki aqlga sig‘maydi.
Unga ko‘ra, Sanches haftasiga 391 346 funt maoshi va imidj huquqidan ishlab topadi. Klub Chempionlar Ligasida ishtirok etadigan bo‘lsa yiliga 20.35 million funt ishlab topadi, degani. Bundan tashqari, sodiqlik bonusi sifatida yiliga 1.12 million funt oladi. O‘ynni asosiy tarkibda boshlasa, har bir o‘yin uchun 75 ming funtni sanab oladi.
U hali «MYu» uchun 40 gol yoki golli uzatmani amalga oshirishdan yiroq. Biroq bu raqamlar uchun u tag‘in 2 million funt olishi kerak. Agarda «Manchester Yunayted» Chempionlar Ligasini yutsa, 1 millionfu, Premer Ligani yutsa, 500 ming funt miqdorida bonus olishi belgilangan.
Bushmann xulosasiga ko‘ra, Sanches safda bo‘lsa va klub muvaffaqiyatli o‘yin namoyish qilaversa, chililik futbolchining hamyoni yiliga 25 million funtga to‘ladi, degani.
U Angliya futbol tarixidagi eng ko‘p maosh oluvchi futbolchiga aylandi. Mourino Pep Gvardiola qiziqayotgan futbolchini so‘nggi daqiqalarda qo‘lga kiritib, azaliy dushmanini dog‘da qoldirgan bo‘lsa, klub byudjetini shunchalik mushkul ahvolga solib qo‘ydi.
Mourinoga aslida «MYu» qancha to‘lashini ahamiyati yo‘q. Pul ular uchun ahamiyatli emas. Muhimi uni klubning muhim futbolchisiga aylanishini umid qilib olib kelganida. Ayni vaqtda u shunchaki mashinaning qimmat balloniga aylanib qolgan.
Tez orada uning «Arsenal»dan kelganiga bir yil to‘ladi. Biroq u «Manchester Yunayted» uchun bor-yo‘g‘i uchta gol urgan.
Dekabr oyida u 30 ga to‘ladi. Ammo uning klub bilan tuzgan shartnomasi yana 4 yil amal qiladi. Biz undan qanchalik samaradorlik kuta olamiz? Bular albatta haqli savol.
Muxlislar o‘rtasida Sanchesning klubga kelishi Markus Reshford va Antoni Marsyalning sport formasiga umuman ta’sir ko‘rsatmagani haqidagi fikr shakllangan.
Biroq Mourino Sanches bilan jamoatchilik oldida baxslasha olmaydi. U bu bilan hech qanday naf ko‘rmasligini biladi. Natijada, uning o‘zi o‘z sport formasida bo‘lmagan Sanchesga ega bo‘ladi, xolos.
Fikrlar