Shaxmat bo‘yicha jahon chempioni unvoni uchun mukofot jamg‘armasi 1 mln dollarni tashkil qiladi
Shaxmat bo‘yicha jahon chempioni unvoni uchun mukofot jamg‘armasi 1 mln dollarni tashkil qiladi. Bu haqda jurnalistlarga Xalqaro shaxmat federatsiyasi ((FIDE) prezidenti Kirsan Ilyumjinov ma’lum qildi.
– Mukofot jamg‘armasi 1 mln dollarni tashkil qiladi, u ishtirokchilar orasida 60 ga 40 foiz nisbatda taqsimlanadi, – deydi Ilyumjinov.
Amaldagi jahon chempioni norvegiyalik Magnus Karlsen va rossiyalik grossmeyster Sergey Karyakin o‘rtasida shaxmat bo‘yicha jahon chempioni unvoni uchun uchrashuv Nyu-Yorkda 11-30 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
FIDE prezidenti Kirsan Ilyumjinov tashkilot tarixida birinchi marta jahon chempioni unvoni uchun uchrashuv ochilish marosimini o‘tkazib yuboradi. Bu haqda Ilyumjinovning o‘zi ma’lum qildi. Ilyumjinov AQSh Davlat departamenti unga AQShda bo‘lib o‘tadigan musobaqada ishtirok etish uchun mamlakatga kirishga ruxsat bermadi.
– Uchrashuv juda qiziqarli bo‘ladi. FIDE tarixida birinchi marta tashkilot prezidenti jahon shaxmat toji uchun uchrashuv ochilish va qur’a tashlash marosimida ishtirok etmaydi, – deb qo‘shimcha qildi Ilyumjinov.



Fikrlar