
48 yoshli Totti futbolga qaytishi haqida: Bu hazil emas!
Italiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Franchesko Totti faoliyatini qayta tiklanishi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
“Bu hazil emas, men taklifni jiddiy qabul qildim. Ko‘ramiz, kelasi yil nima bo‘ladi", - deya Totti so‘zlarini keltiradi Sport Mediaset.
Avvalroq 48 yoshli Totti klublardan takliflar borligi haqida gapirgandi.
Eslatib o‘tamiz, Tottining so‘nggi ish joyi "Roma" klubi bo‘lgan. U 2017 yildan 2019 yilgacha Rim klubida direktor lavozimida faoliyat yuritgan. Franchesko "bo‘rilar" safida 1992/1993 yilgi mavsumdan 2017/2018 yilgi mavsumgacha o‘ynagan. Bu davrda italiyalik futbolchi jami 783 ta o‘yinda qatnashib, 307 ta gol va 209 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikrlar