
5 fevral kuni “UFC Vegas 47" turniri tashkil etiladi. To‘liq juftliklar bilan tanishing!
5 fevral kuni (Toshkent vaqti bilan 6 fevralga o‘tar kechasi) UFCning navbatdagi “Fight Night “ turniri tashkil etiladi. Ya’ni, “UFC Vegas 47" turniri doirasida bir qator qiziqarli janglarni guvohiga aylanamiz.
Ushbu kechaning markaziy jangida o‘rta vazn (83.9 kg) toifasida shvetsiyalik Jek Xermansson hamda AQSh vakili Shon Striklend to‘qnash keladi. Qolaversa, asli O‘zbekistonda tavallud topgan, qo‘shni Qozog‘iston vakili Shavkat Rahmonov UFCdagi 3-jangini o‘tkazadi. Shuningdek, bir nechta shiddatli o‘tishi kutilayotgan janglar ham o‘rin olgan.
Quyida, ushbu kechaning to‘liq “fayt-kard”ini e’tiboringizga havola etamiz.
Asosiy kard:
Jek Xermansson (Shvetsiya)- Shon Striklend (AQSh);
Punaxele Soriano (AQSh)- Nik Maksimov(AQSh);
Shavkatbek Rahmonov (Qozog‘iston) - Karlston Xarris (Gayana);
Sem Alvi (AQSh)- Fil Xous (AQSh);
Treyshon Gor (AQSh)- Brayan Battl (AQSh);
Julian Erosa (AQSh) - Stiven Piterson (AQSh).
Prelim kard:
Mayls Jons (AQSh) - Jon Kastaneda (AQSh);
Hakim Davodu (Kanada) Mayk Trizano (AQSh);
Chidi Njokuani (AQSh) - Mark-Andre Barrio (Kanada);
Jeyson Uitt (AQSh) Filipp Rou (AQSh);
Aleksis Devis (Kanada) Yuliya Stolyarenko (Litva);
Djailton Almeyda (Braziliya) - Danilo Markez (Braziliya);
Malkolm Gordon (Kanada) - Denis Bondar (Ukraina).
Fikrlar