Osiyo oʻyinlari-2026: Oʻzbekiston 31 medal bilan kuchli beshlikda

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Janubiy Koreya terma jamoasi ayollar oʻrtasidagi futbol boʻyicha Osiyo oʻyinlari-2026 musobaqasining chorak finalida Oʻzbekiston terma jamoasini magʻlub etdi, deb xabar bermoqda Sports.kz.

Uchrashuv Osaka shahridagi «Nagay» stadionida oʻtkazildi va 6:3 hisobida Janubiy Koreya foydasiga yakunlandi.

Hisob oʻyin boshlanganiga olti daqiqa toʻlganda ochildi — Yun Sudjon oʻz jamoasini oldinga olib chiqdi. Ortidan, 10-daqiqada Diyorahon Xabibullaeva aniq zarba yoʻllab, hisobni tenglashtirdi — 1:1. 17-daqiqada Chxve Yuri yana koreyaliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. Tanaffus oldidan esa Janubiy Koreya ustunlikni keskin oshirdi: 44-daqiqada Yun Sudjon ikkinchi golini urdi, birinchi boʻlimga qoʻshib berilgan birinchi daqiqada esa Chxve Yuri ham dublga erishdi — 4:1.

Ikkinchi boʻlimda Oʻzbekiston terma jamoasi hisobni qisqartirishga muvaffaq boʻldi. 64-daqiqada Janubiy Koreya himoyachisi Chan Silgi oʻz darvozasiga gol urib qoʻydi. Oradan ikki daqiqa oʻtib, Nilufar Qudratova oʻzbekistonliklar tarkibida uchinchi gol muallifiga aylandi — 4:3.

Shundan soʻng koreyaliklar yana tashabbusni qoʻlga oldi. 74-daqiqada Yun Sudjon uchinchi golini urdi va xet-trikni rasmiy qayd etdi. Birinchi boʻlimga oʻxshab, ikkinchi boʻlimga qoʻshib berilgan toʻrtinchi daqiqada Kim Minji ham oʻzini gol muallifi sifatida namoyon qildi. Uchrashuv 6:3 hisobida Janubiy Koreya foydasiga yakunlandi.

Shu tariqa, Janubiy Koreya ayollar futboli boʻyicha Osiyo oʻyinlari-2026 musobaqasining yarim finaliga yoʻl oldi va bu bosqichda Yaponiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Oʻzbekiston terma jamoasi esa musobaqani chorak final bosqichida yakunladi.

Eslatib oʻtamiz, guruh bosqichida Oʻzbekiston terma jamoasi Filippin (1:1) va Xitoy (1:1) jamoalari bilan durang oʻynagan, Gonkong ustidan esa 2:1 hisobida gʻalaba qoʻzongan edi. Janubiy Koreya esa guruh bosqichida Myanma (5:0) va Bangladesh (6:0) ustidan yirik hisobda gʻalaba qoʻzondi, KXDR bilan uchrashuv esa 1:1 hisobida nihoyasiga yetdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!