"Manchester Siti" Husanovning yashirin sifatini topdi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Angliyaning «Manchester Siti» klubi himoyachisi Abduqodir Husanov jamoa skautlarining e’tiborini qaysi xususiyatlari bilan tortgani ma’lum bo‘ldi.
BBC Sport nashri jurnalistlari va ekspertlarining aniqlashiga manchesterliklar o‘zbek futbolchisining, eng avvalo, o‘zining o‘ziga xos jismoniy ko‘rsatkichlaridag hayratga tushgan.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, Belarus chempionatining keyin Fransiyaning «Lans» klubi sharafini himoya qilgan paytida Husanov, dastlab «Manchester Siti» tomonidan ko‘rib chiqilayotgan 50 nafar nomzoddan iborat kengaytirilgan ro‘yxatiga ham kiritilmagan. Faqat qo‘shimcha tahlil va ma’lumotlarni chuqur o‘rganishdan so‘ng, ingliz klubi analitiklari o‘zbekistonlik futbolchining kuchli tomonlarini aniqlay boshlagan.
- Abduqodirning jismoniy ko‘rsatkichlari, xususan, himoya chizig‘i ortidagi hududni sug‘urtalash uchun tezkor harakatlanish va chaqqonlik borasidagi natijalari haqiqatan ham o‘ta yuqori darajada edi, — deya qayd etilgan BBC tahliliy materiallarida.
Shu bilan birga, mutaxassislar Husanov to‘p bilan muomala qilishda, ya’ni texnika va pozitsion o‘yinda mahoratini yanada rivojlantirishi kerakligini ta’kidlashgan. «Manchester Siti» rahbariyati esa transferdan keyin futbolchining o‘sish sur’atlaridan mamnun qolgan.
- Husanovning to‘p bilan ishlashga oid ko‘rsatkichlari 2025 yil yanvar oyidagi o‘tishi ortidan sezilarli darajada yaxshilandi, — deya klub vakillarining fikrini keltiradi BBC ekspertlari.
Eslatib o‘tamiz, Abduqodir Husanov «Lans» va «Manchester Siti» tarkibidagi faoliyati tufayli Fransiya va Angliya chempionatlari yuqori divizionlarida maydonga tushgan O‘zbekiston tarixidagi ilk futbolchisi hisoblanadi.

Fikrlar