5 ta gol urilgan o‘yinda "Nasaf" yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

  • 25 avgust, 2021, 21:50
  • 0
  • Futbol

OFK kubogi hududiy final bosqichidan o‘rin olgan "Nasaf" - "Ahal" uchrashuvi o‘z yakuniga etdi. Unda vakillarimiz 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Dastlab, Marko Stanoevich olis masofadan bergan zarbasi bilan hisobni ochgan bo‘lsa, Andriya Kaluderovich hisobni ishonchli ko‘rinishga keltirdi. Ikkinchi taymda mehmonlar Elman Tagaevning dubli evaziga hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. 77-daqiqada penaltini aniq amalga oshirgan Norchaev jamoasiga g‘alaba keltirgan gol muallifiga aylandi.

Endi "ajdarlar" yarim final bosqichida Hindistonning "Mohun Bagan" jamoasiga qarshi o‘yin o‘tkazadi.

90+4. Uchrashuv yakunlandi. "Nasaf" yarim finalda!

90+2. Oybek Bozorov o‘z o‘rnini Doniyor Narzullaevga bo‘shatib berdi.

90+1. Nurulloev o‘zi boshlagan hujumni muvaffaqiyatli davom ettira olmadi.

90. O‘yinning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo‘shib berildi.

88. Sherzod Nasrullaev o‘z o‘rnini G‘olib G‘aybullaevga bo‘shatib berdi.

87. Berdiev shogirdlari raqib bosimini kombinatsion hujumlar va qisqa paslar bilan enggib o‘tmoqda.

85. Turkmanistonliklar katta kuch bilan oldinga o‘tmoqda. Ammo "Nasaf" bo‘sh kelmayapti.

83. Mehmonlar safija Abdi Bashimovga shifokorlar yordam ko‘rsatdi.

82. Norchaevning yaqin masofadan bergan zarbasiniga darvozabon ega chiqdi.

80. Oybek Bozorovga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

79. SEYV! Ata Geldievning jarima maydoni tashqarisidan bergan zarbasini Ergashev ushlab oldi.

78. "Ahal" safida Ata Geldievga sariq kartochka ko‘rsatildi.

77. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! "Nasaf" yana hisobda oldinga o‘tib oldi!

O‘zidan o‘ngga zarba bergan Norchaev mo‘ljalda adashmadi.

75. Mammedov ogohlantirildi.

75. Jarima maydoni ichida Bozorovga nisbatan qoida buzildi. Penalti!

74. Stanoevichning zarbasidan keyin to‘p jonli devordan o‘tmadi.

73. Jarima maydoni ostonasida "Nasaf" standart vaziyatga ega bo‘ldi. 

72. Berdiev shogirdlari umuman o‘ziga o‘xshamayapti.

79. GOL. "Ahal" hisobni tenglashtirdi.

Nuqta qarshisiga kelgan Tagaev o‘zidan o‘ng tomonga zarba yo‘llab, darvozabonni ojiz qoldirdi.

68. Jarima maydoni ichida to‘p Eshmurodovning qo‘liga tegdi. Darvozamiz tomon penalti va Umarga sariq kartochka.

67. Pirmurot Sultanovning zarbasi ancha xavfli chiqdi. Uyg‘onish kerak, yigitlar!

66. "Ajdarlar" to‘p nazoratini o‘z ao‘llarida ushlab turishga harakat qilmoqda.

64. "Nasaf" tarkibida o‘zgarish: Kaluderovich va Abdurahimov o‘rniga Nurulloev hamda Turdaliev maydonga tushdi.

62. Bozorov qulay pozitsiyadan noaniq zarba berdi.

60. GOL. Hisob qisqardi.

Elman Tagaevning ideal zarbasidan keyin to‘p darvoza to‘ridan joy oldi.

59. Jarima maydoniga yaqin hududda mehmonlar standart vaziyatga ega bo‘ldi.

57. "Ahal" tarkibida Hojovov va Diniev o‘rniga Mammedov hamda Sultanov maydonga tushdi.

55. Raqib futbolchisi o‘yindan tashqari holatda qolib ketdi.

53. "Ahal" safida Meylis Dinievga sariq kartochka ko‘rsatildi.

52. Abdurahimovning uzatmasidan keyin Norchaev to‘pga eta olmadi.

50. Nasrullaev va Ergashevning tushunarsiz harakatlaridan so‘ng raqib qulay imkoniyatga ega bo‘ldi. Ammo Sherzodning o‘zi xatosini tuzatib, xavfni bartaraf etdi.

49. Ikkinchi bo‘limda ham nazorat vakillarimiz tomonda bo‘lib turibdi.

47. Uch raqibidan o‘tib jarima maydoniga yorib kirgan Bozorov hujumni davom ettira olmadi.

46. Ikkinchi taym boshlandi!

46. Futbolchilar maydonga qaytdi. Biz ham qaytamiz!

45+2. Tanaffus!

45+1. SEYV! Stanoevichning olis masofadan bergan zarbasini darvozabon qaytardi.

45. Birinchi taymdagi to‘xtalishlar o‘rnini qoplash maqsadida 1 daqiqa qo‘shib berildi.

43. Aliqulovning bosh bilan yo‘llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.

42. Elman Tagaev jarima maydoni ichiga xavfli uzatma amalga oshirdi. To‘pga tashlangan Ergashev uni ushlab oldi.

40. Bo‘lim so‘ngiga kelib, turkmanistonliklar ham tengma-teng futbol namoyish eta boshladi.

38. Doimgidek, raqib futbolchilari Oybek Bozorovga qarshi biroz qo‘pol o‘yin ko‘rsatmoqda.

36. Vakillarimiz to‘p nazorati orqali raqib shashtini pasaytirishga harakat qilmoqda.

34. Ikkinchi goldan keyin "Ahal" uyg‘onishga harakat qilmoqda. Biroq "ajdarlar" bo‘sh kelmayapti.

32. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! "Nasaf" hisobni ishonchli ko‘rinishga keltirdi!

Nasrullaevning uzatmasidan so‘ng Andriya Kaluderovich mo‘ljalda adashmadi!

32. Jarima maydoni ichida to‘pni o‘ziga bo‘ysundirgan Bozorov zarba bera olmadi.

31. Meylis Dinievning uzatmasi xavfli chiqdi. Hayriyat, Ergashev to‘pga raqibdan oldin etib keldi.

29. Elman Tagaev voqealar rivojidan biroz ilgarilab ketdi. Biroq keyingi safar bunday bo‘lmasligi mumkin. Eshmurodov xushyorroq bo‘lishi lozim. 

28. Gol urib olgan mezbonlar nazoratni mustahkamlash maqsadida oldinga o‘tmoqda.

26. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! "Nasaf" hisobni ochdi!

Marko Stanoevichning uzoq masofadan bergan zarbasi super golga aylandi!

25. Avvaliga Bozorov, so‘ng Nasrullaev jarima maydoniga uzatma amalga oshirdi. Himoyachilar faol o‘yin ko‘rsatdi. 

24. Mirza Beknazarovning olis masofadan bergan zarbasi noaniq ketdi. "Ahal" sezilarli darajada faollashdi.

22. SEYV! Darvozasi tomon kelayotgan to‘pni Ergashev ushlab oldi.

21. "Nasaf"ning chap qanoti narigisidan har tomonlama yaxshi o‘yin namoyish etmoqda. Bir necha o‘yinda maydonga tusha olmagan Nasrullaevda xatolar ko‘zga tashlanyapti.

19. Andriya Kaluderovich o‘yindan tashqari holatda qolib ketdi.

17. Jarima maydoni yaqinidan darvozani mo‘ljalga olgan Marko ijroda adashdi.

17. Erta pressing uyushtirish orqali "ajdarlar" raqibni o‘z yarim maydonidayoq xato qilishga majbur qilmoqda.

15. Burchakdan etkazib berilgan to‘pga Aliqulov biroz noaniq zarba berdi. 

14. SEYV! Jarima maydoniga kirib borgan Norchaev birga-bir masofadan zarba yo‘lladi. Darvozabon jamoasini muqarrar goldan saqlab qoldi.

12. Ustunlik vakillarimiz tomonda bo‘lib turibdi. Biroq imkoni boricha tezroq hisobni ochib olish darkor.

10. "Nasaf" burchak zarbasidan keyin ancha xavfli vaziyat yaratdi. Stanoevichning uzatmasi darvozaga kirib ketishiga bir bahya qoldi.

8. Ro‘ziqul Berdiev shogirdlari hozircha, so‘ngi pasni berishda texnik xatoga yo‘l qo‘moqda.

6. Kaluderovichning zarbasiga aniqlik etishmadi.

5. Qanotda bir raqibidan o‘tgan Stanoevich jarima maydoniga pas berdi. Himoyachilar to‘pni Kaluderovichgacha o‘tkazmadi.

4. Jarima maydoni ichida Abdurahimov yiqilib tushdi. Hakam vaziyatni tabiiy, deb baholadi.

3. Futbolchilarimiz xavfli vaziyatga ega bo‘ldi. Bozorovning uzatmasidan keyin Norchaev to‘pga biroz eta olmadi.

1. Ilk zarba mehmonlarda. Elman Tagaevning zarbasi kuchsiz va noaniq chiqdi.

1. Uchrashuvga start berildi! Olg‘a, "ajdarlar"!

19:57. Futbolchilar maydonga tushib keldi. Sardorlar rasmiy jarayonlarda ishtirok etdi.

19:45. Jamoa vakillari murabbiylardan o‘yinoldi so‘nggi ko‘rsatmalarni qabul qilib olish uchun kiyim almashtirish xonasiga yo‘l oldi.

19:20. Futbolchilar chigalyozdi mashqlarini o‘tash uchun maydonga chiqib keldi. Super o‘yin startiga oz qoldi...

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!