56 yoshli Evander Xolifild Yaponiyada jang qiladi

  • 3 oktabr, 2019, 20:49
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Afsonaviy amerikalik Evander Xolfild (44-10-2, 29 KO) 2020 yilda Yaponiyada bo‘lib o‘tadigan ko‘rgazmali, o‘ziga hos shou tarzidagi boks kechasida ringga ko‘tariladi.

Tecno

Jang vaqtida u 57 yoshda bo‘ladi. Uchrashuv tafsilotlari hozircha noma’lum.

“Bu moliyaviy foyda uchun emas, balki xayriya uchun o‘tkazilmoqda. Shuningdek, bu Yaponiyada boks ishqibozlarini to‘rt karra jahon chempioni bilan tanishtirish uchun yaxshigina imkoniyatdir, - dedi Xolfild.

Evanderning so‘ngi jangi  2011 yil mayda, daniyalik Brayan Nilsen bilan bo‘lgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!