
5ta yosh toifasidagi futbolchilar o‘rtasidagi mamlakat chempionatining 4-bosqichi boshlandi
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan 5ta yosh toifasidagi futbolchilar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati tashkil etilgani haqida xabar bergan edik. O‘FA maydonida o‘tkazilayotgan musobaqaning uchta bosqichi nihoyasiga etib unda Namanganning 2001 yilda Qashqadaryo viloyatining 2002 yilda hamda Toshkent shahrining 2004 yilda tug‘ilgan futbolchilari g‘oliblikka erishishgan edi.
Ushbu musobaqaning 4-bosqichiga start berildi. Unda respublikamizning barcha viloyatlaridan tashrif buyurgan 2003 yilda tug‘ilgan futbolchilar ishtirok etishmoqda. Musobaqaning birinchi va ikkinchi tur o‘yinlari o‘tkazilib unda quyidagi natijalar qayd etildi:
1-tur:
Toshkent – Toshkent viloyati 4:1
Namangan – Andijon 1:2
Qashqadaryo – Farg‘ona 0:2
Navoiy – Samarqanda 2:2
Jizzax – Buxoro 1:0
2-tur:
Toshkent – Sirdaryo 8:1
Namangan – Qashqadaryo +:-
Andijon – Farg‘ona 1:1
Navoiy – Jizzax 3:1
Samarqand – Buxoro 0:1
Eslatib o‘tamiz, musobaqaning so‘nggi bosqichi, 2005 yilda tug‘ilgan bolalar o‘rtasida esa 5-10 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
O‘FA rasmiy saytidan olindi.
Fikrlar