6 futbolchi yo‘q! O‘zbekiston terma jamoasi Eronga qarshi tayyorgarlikni boshladi
Bugundan boshlab O‘zbekiston milliy terma jamoasi "JCh-2026 saralashi" doirasidagi Eron va BAAga qarshi o‘yinlar oldidan "Jar" stadionida mashg‘ulotlarni boshladi. Biroz avval Srechko Katanets oktyabr oyidagi yig‘inda ishtirok etmasligi ma’lum bo‘lgan edi.
Bugun legionerlarimiz va mahalliy futbolchilar mashg‘ulot olib bordi.
Darvozabonlar - Abduvohid Ne’matov va Botirali Ergashev keldi, biroq O‘tkir Yusupov hali tarkibga kelib qo‘shilmadi.
Himoyachilar - Hojiakbar Alijonov, Muhammadqodir Hamraliev, Sherzod Nasrullaev, Farrux Sayfiev, Rustam Ashurmatov, Umar Eshmurodov, Husniddin Aliqulov; Abduqodir Husanov ertaga etib keladi
Yarim himoyachilar - Jamshid Iskanderov, Odil Hamrobekov, Otabek Shukurov, Aziz Turg‘unboev, Akmal Mozgovoy, Abdulla Abdullaev;
Hujumchilar - Jaloliddin Masharipov va Bobir Abdixoliqov; Eldor Shomurodov, Abbosbek Fayzullaev, Oston O‘runov, Hojimat Erkinovlar ham ertaga kelishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, hamyurtlarimiz 10 oktyabr kuni Eron bilan o‘ynaydi.
Fikrlar