6 ta gol urilgan o‘yinda "Bavariya" mag‘lubiyatdan arang qutilib qoldi (video)

  • 06.12.2020 01:01
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Germaniya Bundesligasining 10-turida “Bavariya” o‘z maydonida “RB Leyptsig”ni qabul qildi.

“Alyants Arena”dagi o‘yin 3:3 hisobida jangovar durang bilan yakunlandi. Maydon egalari safida gollarni Jamal Musiala (30') va Tomas Myuller (34', 75') kiritdi. Mehmon jamoa tarkibida gollarga Kristofer Nkunku (19'), Jastin Klyuyvert (36') va Emil Forsberg (48') mualliflik qildi.

Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!