Javob aniq! Gvardiolaning muzokarasi bir daqiqa davom etdi

  • 21.07.2026 18:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xosep Gvardiola bilan Italiya futbol federatsiyasi (FIGC) o‘rtasida uni milliy jamoa bosh murabbiyi etib tayinlash masalasida bo‘lib o‘tgan suhbat atigi bir daqiqa davom etgan.

Bu haqida ESPN jurnalisti Gabriele Markotti X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

Suhbat davomida Gvardiola kamida bir yillik tanaffus qilish niyati borligini aytgan. Qayd etilishicha, so‘nggi haftalarda unga boshqa milliy terma jamoalar, jumladan Niderlandiya terma jamoasi ham murojaat qilgan.

Xosep Gvardiola o‘tgan mavsum yakunlangandan keyin “Manchester Siti” bosh murabbiyligi lavozimini tark etdi.

U 2016 yildan buyon klubni boshqarib, quyidagi yutuqlarga erishdi:

  • Angliya chempioni — 6 marta;
  • Angliya kubogi sohibi — 3 marta;
  • Angliya Superkubogi sohibi — 3 marta;
  • Chempionlar ligasi g‘olibi;
  • UEFA Superkubogi sohibi;
  • Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati g‘olibi.

Bundan avval Gvardiola “Barselona” va “Bavariya” klublarini ham boshqargan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!