6 ta medal qo‘lga kiritgan bokschilarimiz umumjamoa hisobida nechanchi o‘rinni egallashdi?
Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahri mezbonlik qilayotgan VI Islom Birdamligi o‘yinlarida boks bahslari nihoyasiga etdi. Yakunlarga ko‘ra, 8 nafar bokschi bilan ishtirok etgan vakillarimiz, 3 ta oltin, 1 kumush va 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi. Yigitlarimiz yana bir bor o‘z toifasida peshqadam bo‘lishdi. Umumjamoa hisobida bo‘lsa, ikkinchi bo‘ldik, bizdan oldinda Turkiya jamoasi.

G‘olib va sovrindorlarimiz bilan tanishing:
Oltin medal:
-60 kg. Madiyar Daniyarov
-65 kg. Abdulloh Madaminov
-57 kg. Xumorabonu Mamajonova
Kumush medal:
-60 kg. Odinaxon Ismoilova
Bronza medal:
-51 kg. Zilolaxon Yusufova
-54 kg. Uzukjamol Yunusova
Murabbiylar: Akmal Hasanov, Islom Tadjibaev, Ramzjon Axmedov, Akmal Qosimov.
Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.

Fikrlar