
6-turda qancha muddatga chetlatilgani noma’lum bo‘lgan hakam 9-turda derbini boshqaradi
Bir necha daqiqa oldin PFL Superliga 9-turidan o‘rin olgan "Lokomotiv" - "Bunyodkor" uchrashuvining hakamlarini ma’lum qildi. Unga ko‘ra Toshkent derbisida Ahrol Risqullaev boshchiligidagi hakamlar guruhi ishlaydigan bo‘ldi.
Ushbu hakam ya’ni Ahrol Risqullaev Superliga 6-turida "Metallurg" - "Qo‘qon-1912" bellashuvida yo‘l qo‘ygan xatosi uchun Superliga o‘yinlarini boshqarishdan chetlatilgandi. Ammo O‘FA matbuot xizmati referi qancha muddatga "o‘yindan tashqari holatda" qolishini ma’lum qilmagandi.
Mana endi ko‘rib turipmizki, Ahrol Risqullaev 9-turda "Lokomotiv" - "Bunyodkor" ishtirokidagi bahsni boshqarib boradi.
Fikrlar