
7 nafar "Liverpul" futbolchisi APLning ilk turida "Vest Xem"ga qarshi o‘ynamasligi mumkin
“Liverpul”ning 7 nafar futbolchisi APLning ilk turida “Vest Xem”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin. Bu haqda mersisaydliklar rasmiy sayti xabar bermoqda.
Unga ko‘ra ushbu o‘yinda himoyachilar Deyan Lovren va Ragnar Klavanlar aniq maydonga tushishmaydi. Shuningdek, Jo Gomes, Joel Matip, Trent Aleksandr-Arnold, Fabino va Jordan Xendersonlar ham katta ehtimol bilan ushbu uchrashuvda jamoasiga yordam bera olishmaydi.
Eslatib o‘tamiz, "Liverpul" - "Vest Xem" bahsi 12 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar