
A Seriya. “Milan” yana ochko yo‘qotdi va 14-o‘ringa tushib ketdi
Italiya chempionati 6-turida “Milan” jamoasi safarda “Empoli” futbolchilariga qarshi bahs olib bordi.
Kurashlarga boy kechgan bellashuvda tomonlar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi. O‘yinning 10-daqiqasida Kapetstsi o‘z darvozasini ishg‘ol qilib, milanliklarning hisobda oldinga chiqishiga sababchi bo‘ldi.
71-daqiqada esa Kaputo 11 metrlik jarima zarbasidan unumli foydalanib, hisobni teglashtirdi. Uchrashuv oxirigacha 1:1 hisobi saqlanib qoldi.
Mazkur turdan keyin “Milan” 5 ta uchrashuv o‘tkazgan holda 6 ochko bilan turnir jadvalining 14-pog‘onasida bormoqda.
Empoli – Milan 1:1 (0:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 10, avtogol Kapetstsi, 1:1 – 71, penalti Kaputo.
Empoli – Terrachchano, Di Lorentso, Silvestre, Mayetta, Veseli, Bennaser, Kapetstsi (Rasmussen, 75), Krunich, Traore (Brigi, 81), Kaputo, la Gumina (Mchedlidze, 65).
Milan – Donnarumma, Kalabriya, Musakko, Romanoli, Laksalt, Kessie (Bakayoko, 78), Bigliya, Bonaventura, Suso, Borini (Kutrone, 73), Chalxanoglu (Kastilexo, 73).
Ogohlantirishlar: Kalabriya (45), Mayetta (53), Kapetstsi (54), Laksalt (83).
Fikrlar