
A Seriya. “Napoli” Turinda Jo Xartga 5 ta gol urdi
Italiya chempionati 36-turida “Napoli” jamoasi Turinga safar uyushtirib, mahalliy “Torino” klubi bilan bahs olib bordi.
Katta ustunlikka ega bo‘lgan “Napoli” raqib darvozasini qo‘riqlagan angliyalik posbon Jo Xartga 5 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Xose Kalexon dubl qayd etgan bo‘lsa, Dris Mertens, Lorenso Insine va Zelinski o‘z nomini bir martadan tabloga yozdirishdi.
Torino – Napoli 0:5 (0:1, 0:4)
Gollar: 0:1 – 7 Kalexon, 0:2 – 60 Insine, 0:3 – 72 Mertens, 0:4 – 76 Kalexon, 0:5 – 78 Zelinski.
Torino – Xart, Dzappakosta, Rossettini, Karlao, Molinaro, Benassi (Gustafsson, 52), Bazelli (Obi, 75), Yago Falke, Lyayich, Boye (Iturbe, 59), Belotti.
Napoli – Reyna, Xyusay, Albiol, Kulibali, Gulyam, Allan (Zelinski, 64), Jorjino, Kalexon (Milik, 82), Gamshik (Rog, 66), Insine, Mertens.
Ogohlantirishlar: Bazelli (8), Gustafsson (53), Albiol (56).
Fikrlar