
APL. 10 kishi bo‘lib qolgan MYu safarda "Arsenal"dan ustun keldi
Hozirgina Angliya Premer-Ligasi 15-turidan o‘rin olgan markaziy bahs – “Arsenal” hamda “Manchester Yunayted” jamoalari o‘rtasidagi bahs o‘z nihoyasiga etdi.
Juda qiziqarli va tomoshabop tarzda kechgan qarama-qarshilikda Joze Mourino jamoasi Antonio Valensiya hamda Jessi Lingard(2 ta)larning gollari evaziga g‘alabaga erishdi.
Bunga esa “to‘pchilar”dan faqatgina Aleksandr Lyakazett bir bor javob qaytardi xolos.
Uchrashuvning 74-daqiqasidan boshlab "qizil iblislar" maydonda 10 kishi bo‘lib qolganligini ta’kidlash joiz.
Angliya Premer-Ligasi. 15-tur
Arsenal – Manchester Yunayted 1:3 (0:2, 1:1)
Gollar: 0:1 – 4 Valensiya, 0:2 – 11 Lingard, 1:2 – 49 Lyakazett, 1:3 – 63 Lingard.
Arsenal – Chex, Mustafi (Ivobi, 15), Monreal, Kolashinats (Jiru, 76), Koselni, Ozil, Remzi, Sanches, Djaka (Uelbek, 70), Belerin, Lyakazett.
Manchester Yunayted – De Xea, Smolling, Roxo, Valensiya, Lindelef, Pogba, Yang (Reshford, 90), Matich, Lingard (Darmian, 76), Marsyal (Errera, 67), Lukaku.
Ogohlantirishlar: Roxo (58), Belerin (72), Koselni (87), Errera (89), Sanches (89).
Chetlatish: Pogba (74).
Fikrlar