APL. “Manchester Siti” yirik hisobda “Sautgempton”ni taslim qildi
Angliya chempionati 33-tur shanba dasturidan o‘rin olgan so‘nggi o‘yin o‘z yakuniga etdi. Unda “Manchester Siti” safarda “Sautgempton” bilan kuch sinashdi.
Mazkur o‘yinda “shaharliklar” 3:0 hisobida zafar quchishdi. Birinchi bo‘lim ancha zerikarli kechgan bo‘lsa-da, 2 taym gollarga boy kechdi.

55-daqiqada Vensan Kompani hisobni ochdi. 77-daqiqada Sane hisobni oshirgan bo‘lsa, 80-daqiqada Aguero hisobning yirik ko‘rinishini ta’minladi.
Sautgempton – Manchester Siti 0:3 (0:0, 0:3)
Gollar: 0:1 – 55 Kompani, 0:2 – 77 Sane, 0:3 – 80 Aguero.
Sautgempton – Forster, Stivens, Bertran, Soaresh, Yosida, Tadich, Uord-Prouz (Long, 60; Rodriges, 82), Redmond, Devis, Gabbyadini (Bufal, 60), Xeyberg.
Manchester Siti – Bravo, Otamendi, Kompani, Klishi, Navas, Ture, Fernandino, Silva (Sabaleta, 81), de Bryuyne, Sane (Sterling, 86), Aguero (Ixeanacho, 89).
Ogohlantirishlar: Xeyberg (31), Devis (37), Soaresh (41).

Fikrlar