Abdullo Tangriev yana katta sportda!

Ayni kunlarda Termiz shahri dzyudo bo‘yicha MOQ sovrini uchun o‘tkazilayotgan O‘zbekiston ochiq chempionatiga mezbonlik qilmoqda. Ko‘pchilikning diqqat-markazida bo‘lib turgan ushbu musobaqada taniqli polvonimiz Abdullo Tangrievning ishtiroki balan  diqqat-markazimizni yanada tortib turibdi. 

Bugun musobaqada og‘ir vaznli polvonlar o‘rtasida bahslar bo‘lib o‘tadi. Qur’a natijasiga ko‘ra, Abdullo Tangriev ilk davrada surxondaryolik Husniddin Husanov bilan ro‘baro keladi. Ushbu raqib to‘sig‘idan o‘ta olsa, keyingi bosqichda Shamsiddin Norqobilov raqib bo‘ladi. 

Kecha bo‘lib o‘tgan bahslarda  Dilshodbek Baratov, Dilshodbek Yo‘ldoshev, Jahongir Alimardonov, qizlar bellashuvida Mohinur Mo‘minova, Aziza Xontemirova, Xojar Shapoatova hamda Zarnigor Adilova o‘z vazn toifasida g‘olib bo‘lishdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!