Akmal Shorahmedov: AGMK istalgan jamoaga muammo yaratadi

  • 13.07.2018 07:48
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor kecha Superliganing navbatdagi tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Jumladan, shu kuni Olmaliqning AGMK klubi o‘z maydonida Toshkentning “Paxtakor” klubini qabul qildi. Jasur Yaxshiboevning kiritgan yagona goli esa yakunda “sherlar”ga 1:0 hisobidagi muhim g‘alabani keltirdi.

Uchrashuvdan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida “Paxtakor” himoyachisi Akmal Shoraxmedov o‘yin haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Kimdir AGMKni kuchsiz jamoa deb hisoblasa, katta xato qiladi. Bu jamoa juda yaxshi futbolchilarga ega va o‘z ochkolarini jamg‘aradi. Ular yuqoriroq o‘rinlarga ko‘tarilish imkoniyatiga egalar. AGMK istalgan jamoaga katta muammo yaratadi”, - deydi tajribali himoyachi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!