Albina Gollandiyada g‘olib bo‘ldi!
Hamyurtimiz Albina Xabibulina Gollandiyaning Rotterdam shahrida davom etayotgan turnirning juftlik bahslarida g‘olib bo‘ldi.
Gollandiyalik Yudit Vissher bilan juftlik hosil qilgan hamyurtimiz kecha mukofot jamg‘armasi 15 000 AQSh dollarini tashkil etuvchi turnirning juftlik bahslarining finalida Debora Kyorfs(Belgiya)/Kiara Skoll(AQSh) duetiga qarshi kortga chiqdi.
1 soat 37 daqiqa davom etgan bellashuvda Albina va uning gollandiyalik sherigi 7:6, 7:5 hisobida g‘alaba qozondi va ushbu turnirning juftlik bahslarida g‘olib bo‘ldi.
E’tiborlisi, tennischimiz 2015 yildan buyon ilk bor turnirlarda g‘olib bo‘ldi. So‘nggi bor 25 yoshli Albina Qozog‘istonda o‘tgan turnirda g‘olib chiqqan edi.

Fikrlar