
Aleksandr Usik rossiyalik bokschini mag‘lub etib, mutloq jahon chempioniga aylandi
Rossiyalik bokschi Murat Gassiev mosvkada o‘tgan Butunjahon boks superseriyasi (WBSS turniri finalida ochkolar bo‘yicha ukrainalik Aleksandr Usikka imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Jang 12 raund davom etdi. Yakunda hakamlar 120:108, 119:109 va 119:109 hisoblari bilag ukrainalik bokschining g‘alabasini e’lon qildi.
Shunday qilib, Usik to‘rt tashkilot - WBA, WBC, WBO va IBF bo‘yicha birinchi og‘ir vazn toifasida (90,71 kg) mutloq jahon chempioniga aylandi va birinchi bo‘lib Muhammad Ali kubogini qo‘lga kiritdi.
31 yoshli Usik hisobida hozircha 15 jangda 15 g‘alaba (11 nokaut) bor bo‘lsa, 24 yoshli Gassiev faoliyatidagi ilk mag‘lubiyatni qabul qildi. Bungacha 26 jangning barchasida zafar quchgan (19 nokaut).
Fikrlar