
Allegri: Ronaldu ikkinchi o‘rinni egallagani nohaqlikdir
"Yuventus" klubi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri "Oltin to‘p" sovrinini topshirish marosimi natijalari haqida o‘z fikrini bildirdi.
Avvalroq xabar berganimizdek, ushbu sovrinni "Real Madrid" klubi yarim himoyachisi Luka Modrich qo‘lga kiritdi.
- Ronalduning o‘tgan mavsum "Real"dagi faoliyatini inobatga olgan holda u g‘alabaga loyiq edi. Tan olish lozim, Portugaliya terma jamoasi safida esa Krishtianu JCh-2018da yaxshi o‘yin ko‘rsata olmadi.
Endi Ronalduda "Yuventus" safida "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritish uchun katta motivatsiya paydo bo‘ldi - deya Allegrining so‘zlaridan iqtibos keltiradi Football Italia nashri.
Fikrlar