"Allyur" ot sporti klubida Markaziy Osiyo chavandozlari bahslashmoqda (foto)

CHERY AUTO

Toshkent viloyatida ot sporti bo‘yicha Jahon kubogining Markaziy Osiyo ligasi birinchi bosqich musobaqalari boshlandi. 
O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, mamlakatimiz ot sporti federatsiyasi hamda Xalqaro ot sporti federatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan musobaqada O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistondan ellikka yaqin sportchi g‘oliblik uchun kuch sinashmoqda.

Tecno

Jahon kubogining Markaziy Osiyo ligasi bosqichlarida chavandozlarimiz yigirma uch marta shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan o‘rin olgan. Sportchilarimizdan G‘ayrat Nazarov to‘qqiz marta g‘alaba qozongan. Umid Komilov olti marta, Aziz Sodiqov ikki marta birinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, Isojon Sodiqov, Davron G‘ofurov, Vladimir Shmelyov, Abdulaziz Mamatxonov, Nurjon Tuyoqboev va A’zam Tolibboev bir martadan g‘olib chiqqan. Musobaqa doirasida o‘tkaziladigan “Millatlar kubogi” jamoaviy bellashuvlarida ham mamlakatimiz terma jamoasi a’zolari yigirma uch marta zafar quchgan. 
Jumladan, 2016 yilgi sport mavsumida o‘tkazilgan Jahon kubogining Markaziy Osiyo ligasi barcha bosqichida Nurjon Tuyoqboev, Umid Komilov va A’zam Tolibboev g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. 
Bo‘stonliq tumanidagi xalqaro talablarga to‘liq javob beradigan “Allyur” ot sporti klubida o‘tkazilayotgan musobaqaning shaxsiy bellashuvlarida chavandozlar konkur – to‘siqlardan ot sakratish yo‘nalishi bo‘yicha bahslashmoqda. Musobaqa doirasida an’anaviy “Millatlar kubogi” jamoaviy bahslari ham o‘tkaziladi. 

 

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!