
Alonsoning “Ingolshtadt”ga qarshi o‘yini tarixiy uchrashuvga aylandi
Bundesliga 20-turida “Bavariya” safarda “Ingolshtadt” maydoniga safar uyushtirdi. Mazkur bahs myunxenliklar yarim himoyachisi Xabi Alonsoning faoliyatidagi 800-o‘yini sifatida tarixdan joy oldi.
35 yoshli futbolchi professional faoliyati davomida “Real Sosedad” safida 124 ta, “Eybar”da 14ta, “Liverpul”da 210, “Real” 236 va “Bavariya”da 102 uchrashuvda maydonga tushgan.
U shuningdek, 114 marta Ispaniya terma jamoasi libosida harakat qilgan.
Fikrlar