Amir Xan: Joshua Povetkinni nokaut qila olmaydi

  • 17 sentabr, 2018, 09:05
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Boks bo‘yicha birinchi yarim o‘rta vazn toifasining sobiq jahon chempioni Amir Xanning fikricha, WBA, IBF va WBO chempionlik kamarlari sohibi Entoni Joshua rossiyalik bokschi Aleksandr Povetkinni nokautga uchrata olmaydi. Britaniyalik bokschi Jozef Parkerga qarshi to‘qnashuvda ham jangni muddatidan oldin yakunlay olmagan edi.

Tecno

Joshuada Jozef Parker bilan bo‘lgan jangda bir qator muammolar kelib chiqdi. Povetkin va Parkerning uslubi bir-biriga o‘xshash, faqat rossiyalik bokschi biroz undan yaxshiroq, – deydi Xan Sky Sports nashriga bergan intervyusida. – Unda kuchliroq zarba bor. Chap qo‘l bilan yaxshi ishlaydi va chidamlilik ham ko‘proq. Ammo yoshi unga qarshi, Joshua kuchga to‘lgan va deyarli barcha raqiblarini nokautga uchratishga urinadi. Povetkin uni to‘xtatadi deb o‘ylamayman, jang masofadan turib olib boriladi. Uning  og‘ir yoki engil bo‘lishi Joshuaning o‘ziga bog‘liq.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!