Ander Errera yil oxirigacha MYu bilan yangi shartnoma imzolaydi
"Manchester Yunayted" klubi yarim himoyachisi Ander Errera tez orada mankuanliklar bilan amaldagi shartnomasini uzaytiradi. Bu haqda ESPN nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 29 yoshli ispaniyalik futbolchi va MYu o‘rtasidagi muzokaralar ijobiy hal bo‘lish arafasida turibdi. Ular o‘rtasidagi kelishuv esa yil oxirigacha imzolanishi ko‘zda tutilgan.
Ta’kidlash kerakki, Erreraning amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunida o‘z nihoyasiga etar edi.
Ma’lumot uchun, Errera joriy mavsum premer-ligada jami 9ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.



Fikrlar