Andijon turniri tennischilarimiz uchun omadsiz boshlandi
Andijonda Xalqaro tennis federatsiyasi – ITF musobaqalar taqvimidan joy olgan erkaklar o‘rtasidagi xalqaro turnirda ilk davra bahslari o‘tkazilmoqda.
Dunyoning yigirmaga yaqin davlatidan kelgan yuzdan ortiq tennischilar mazkur musobaqada o‘zaro raqobatlashmoqda. O‘zbekiston tennis federatsiyasi tomonidan tashkil etilayotgan nufuzli turnirning sovrin jamg‘armasi 25.000 AQSh dollarini tashkil etadi.
Musobaqaning birinchi bosqichida mamlakatimiz sharfini himoya qilayotgan Shonig‘mat Shofayziev, Sardor Ergashev, Sharobiddin Abzalov imkoniyatni boy berdi.
Bugun kortga tennischilarimizdan Pavel Tsoy, Humoyun Sultonov, San’atullo Qutiboev, Saida’lo Saidkarimov, Sanjar Fayziev, Botir Sapaev, Amal Sultanbekovlar chiqadi.

Fikrlar