Andre Silva: Italiya ustidan haqli g‘alabaga erishdik

  • 11.09.2018 10:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Portugaliya terma jamoasi forvardi Andre Silva Italiyaga (1:0) qarshi o‘yinda qozonilgan muhim g‘alabadan so‘ng o‘z fikrini bildirib o‘tdi. Qayd etish lozimki, aynan uning kiritgan yagona goli yakunda uchrashuv taqdirini hal qildi.

“Biz Italiyadan kuchli o‘yin kutgandik va bunga etarlicha tayyorgarlik ko‘rgandik.

Italiya terma jamoasida do‘stlarim ko‘p, lekin maydonda do‘st bo‘lmaydi. Men bugun bor kuchim bilan Portugaliya terma jamoasi g‘alaba qozonishi uchun harakat qildim. O‘ylaymanki biz haqli ravishda g‘alaba qozondik”, - deydi iqtidorli hujumchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!