Angliya Kubogi. “Chelsi” va “Midlsbro” 10 kishi bo‘la turib, raqiblarini yirik hisobda taslim qildi

  • 8 yanvar, 2017, 22:17
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

Angliya Kubogi uchinchi bosqidan o‘rin olgan yana ikki o‘yin o‘z yakuniga etdi. “Chelsi” o‘z maydonida quyi liga vakili “Piterboro” bilan kuch sinashdi. “Midlsbro” esa Chempionship a’zosi “Sheffild Uensdey”ga qarshi kurashdi.

“Chelsi” 67-daqiqadan boshlab bir kishi kam bo‘lib harakat qilgan bo‘lsa-da, yakunda 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.

“Midlsbro” esa 59-daqiqadan boshlab bir kishi kam bo‘lib o‘ynadi. Ammo bu ularning 3:0 hisobida yirik g‘alabaga erishishiga xalal bermadi.

Avvalroq "Liverpul" o‘z maydonida quyi divizon vakili "Plimut" bilan nursiz durang qayd etgani va jamoalar o‘rtasida javob o‘yini bo‘lib o‘tishi haqida xabar berilgandi

Midlsbro – Sheffild Uensdey 3:0 (0:0, 3:0)
Gollar: 1:0 – 58 Lidbitter, 2:0 – 67 Negredo, 3:0 – 90 de Ron.
Midlsbro – Gyuzan, Espinosa, Chembers, Frend, Ayyala, Kleyton (Dauning, 62), de Ron, Lidbitter, Traore (Fabio, 62), Negredo, Stuani.
Sheffild Uensdey – Uayldsmit, Lovens, Lis, Pudil, Palmer (Lukash Joau, 72), Uolles (Makmanaman, 46), Rich, Bennan, Djons, Foresteri, Fletcher (Nuxiu, 71).
Ogohlantirishlar: Negredo (23), Fletcher (27), de Ron (48), Bennan (57), Lidbitter (60).
Chetlatish: Ayyala (59).

Chelsi – Piterboro 4:1 (2:0, 2:1)
Gollar: 1:0 – 18 Pedro, 2:0 – 43 Batshuayi, 3:0 – 52 Villian, 3:1 – 70 Nikols, 4:1 – 75 Pedro.
Chelsi – Begovich, Terri, Zuma, Ivanovich, Keyxill (Ayna, 57), Loftus-Chik (Aspilikueta, 70), Chaloba, Pedro, Villian (Kante, 73), Fabregas, Batshuayi.
Piterboro – Makgi, Tafazolli, Xyuz (Binnom-Uilyams, 83), Smit, Bostuik, Engol, Forrester, Meddison (Teylor, 57), Nikols, Leonardu, Edvards (Samuelsen, 58).
Ogohlantirishlar: Forrester (23), Fabregas (24), Tafazolli (33).
Chetlatish: Terri (67).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!