
Angliya futbol assotsiatsiyasi Kloppni jazolashi mumkin
Angliya futbol assotsiatsiyasi “Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Kloppdan tushuntirish talab qilmoqda.
Gap shundaki germaniyalik mutaxassis kecha APLning 25-turi doirasida “Vest Xem”ga qarshi o‘yindan so‘ng hakam bilan nimalarnidir gaplashdi va matbuot anjumanida ham hakamlik masalasiga alohida to‘xtalib o‘tdi.
Qoidaga ko‘ra murabbiylar hakamlarning faoliyatini muhokama qilishga haqli emas, shu sababli ham futbol assotsiatsiyasi bu holat yuzasidan Kloppdan yozma tushuntirish berishini so‘ragan. Endi Kloppning harakatlari o‘rinsiz deb topilsa, u belgilangan tartibda jazolanishi mumkin.
Fikrlar