
Angliya kubogi. “Manchester Siti” “Kardiff”ni engib, keyingi bosqichga chiqdi
Hozirgina Angliya kubogi 4-bosqichidan o‘rin olgan “Kardiff Siti” hamda “Manchester Siti” jamoalari o‘rtasidagi bahs o‘z nihoyasiga etdi.
Ushbu o‘yinda mehmonlar De Bryuyne hamda Sterlinglar tomonidan kiritilgan gollar evaziga 2:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi va keyingi bosqich yo‘llanmasiga ega chiqishdi.
Angliya kubogi. 4-bosqich
Kardiff – Manchester Siti 0:2 (0:2, 0:0)
Gollar: 0:1 – 8 de Bryuyne, 0:2 – 37 Sterling.
Kardiff – Eteridj, Morrison, Paterson, Bennett, Manga, Mendes-Leyng (Fini, 78), Gruyich, Xoylett, Rolls (Damur, 88), Richards, Zoxore (Pilkington, 67).
Manchester Siti – Bravo, Kompani, Danilo, Uoker, Otamendi, Sterling, de Bryuyne, Bernardu Silva (Braim Dias, 89), Gyundogan, Sane (Aguero, 46), Fernandino.
Ogohlantirishlar: Bennett (45), Manga (77), Fernandino (80).
Chetlatish: Bennett (90).
Fikrlar