Angliya o‘rtoqlik o‘yinida Ispaniya bilan durang o‘ynadi (video)
Kecha Angliyadagi «Uembli» stadionida Angliya hamda Ispaniya o‘rtasida o‘rtoqlik o‘yini bo‘lib o‘tdi. Unda 2:0 hisobida oldinda borayotgan mezbonlar uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida g‘alabani qo‘ldan chiqarishdi – 2:2.
Quyida ushbu bellashuvda kiritilgan gollarni tomosha qilishingiz mumkin.
Angliya – Ispaniya 2:2 (1:0, 1:2)
15 noyabr, «Uembli»
Gollar: 1:0 – 9, penalti Lallana, 2:0 – 48 Vardi, 2:1 – 89 Aspas, 2:2 – 90 Isko.
Angliya – Xart (Xiton, 46), Rouz (Kressuell, 79), Klayn, Keyxill (Djagelka, 46), Stounz, Lallana (Uolkott, 27), Dayer, Sterling (Taunsend, 65), Lingard, Xenderson, Vardi (Reshford, 67).
Ispaniya – Reyna, Aspilikueta, Karvaxal, Nacho, Martines, Alkantara (Errera, 56), Mata (Aspas, 46), Vitolo (Koke, 46), Buskets (Nolito, 78), Silva (Isko, 64), Aduris (Morata, 64).
Ogohlantirishlar: Sterling (29), Martines (30), Uolkott (31), Rouz (45), Aspas (65), Karvaxal (75).
Angliya-o‘rtoqlik-o‘yinida-Ispaniya-bilan-durang-o‘ynadi-(video)

Fikrlar