Angliya terma jamoasi darvozaboni "Chelsi"ga o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarlarni inkor etdi
"Everton" klubi darvozaboni Jordan Pikford o‘ziga "Chelsi"dan qiziqishlar bo‘layotgani haqidagi xabarlarga o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.
“Men yuqori darajada o‘ynashni davom ettirishim kerak, transfer haqidagi hayollarni esa keyinroqqa qoldiraman. Chunki, ular meni chalg‘itmasliklari kerak. Shuning uchun ham men bor e’tiborimni faqat maydondagi o‘yinimga qarataman.
Mening “Everton” bilan shartnomam bor va shu bois boshqalar haqida o‘ylashga hojat yo‘q”, - deydi Pikford.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha 24 yoshli Angliya terma jamoasi posboni “irischilar” bilan amaldagi shartnomasini 2024 yilgacha uzaytirgan edi. U joriy mavsum “Everton” safida jami 6ta o‘yinda maydonga tushib o‘z darvozasidan 11ta gol o‘tkazib yubordi.
Fikrlar