
Ante Rebichdan kutilmagan qaror
"Ayntraxt" klubi va Xorvatiya terma jamoasi vingeri Ante Rebich o‘zining kelajak faoliyati borasida kutilmagan qaror qabul qildi.
Gap shundaki, 24 yoshli futbolchi "Manchester Yunayted" va "Sevilya" kabi jamoalardan jiddiy takliflar bo‘lganiga qaramay, frankfurtliklar bilan amaldagi shartnomasini uzaytirishga qaror qildi. Unga ko‘ra Rebich endi 2022 yilga qadar "Ayntraxt"da to‘p suradi.
Ma’lumot uchun, Rebich "Ayntraxt" sharafini 2016 yildan buyon himoya qilib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida ushbu jamoada 56ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblari darvozasiga 12ta gol kiritishga erishgan.
Eslatib o‘tamiz, Rebich Xorvatiya terma jamoasi safida JCh-2018da kumush medallarni qo‘lga kiritgan edi.
Fikrlar