"Arsenal" va "Vest Xem" bir futbolchini ko‘zlamoqda
Londonning ikki klubi - "Arsenal" va "Vest Xem" ayni damda "Vilyarreal" yarim himoyachisi Pablo Fornalsga qiziqib qoldi. Bu haqda Sport.es nashri xabar bermoqda.
Aytish lozimki, “sariq suv osti kemasi” 22 yoshli ispaniyalik futbolchini 2017 yil “Malaga”dan 12 mln evro evaziga xarid qilgan edi. U joriy mavsum 29ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3ta gol hamda 4ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar