Ashxobod-2017. Sambochilarimiz 8 ta medal qo‘lga kiritishdi

CHERY AUTO

Ashxobod shahrida bo‘lib o‘tayotgan yopiq inshootlarda va jang san’atlari bo‘yicha V Osiyo o‘yinlarida sambo bahslari ham o‘zining qizg‘in pallasiga kirdi.

Tecno

Sambochilarimiz termamiz hisobiga 8 ta medalni qo‘shib qo‘yishdi. Jumladan, Ne’mat Yoqubova va Sarbon Ernazarovlar finalda turkmanistonlik raqiblarini enggan holda oltin medalni qo‘lga kiritishdi.

Raxmatjon Ahmedov esa hal qiluvchi bellashuvda mezbonlar vakiliga imkoniyatni boy berib, kumush medaliga sazovor bo‘ldi.

Istam Qudratov, Lutfilla Saydamatov, Islomjon Azimovlar, qizlarimizdan  esa Nodira Gulova i Gulnoza Ziyaevalar bronza medalini qo‘lga kiritishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!