"Atletiko" Braziliya terma jamoasi hujumchisini sotib olmoqchi
Madridning "Atletiko" klubi "Everton" hujumkor yarim himoyachisi Risharlisonning xizmatlariga jiddiy qiziqish bildira boshladi. Bu haqda Daily Star nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra “matraschilar” allaqachon 21 yoshli braziliyalik futbolchining transferi bo‘yicha “irischilar” bilan muzokaralarni boshlab yuborishgan. Eslatib o‘tish lozimki, bundan avvalroq “Everton” rahbariyati Risharlisonning narxini 90 mln evroga baholayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Risharlison joriy mavsum APLda 25ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 10ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar