
"Atletiko" Gollandiya chempionatining eng yaxshi futbolchisi bilan shartnoma imzoladi
"Atletiko" klubi himoyachisi Shime Vrsalko jamoani tark etadi.
"Matraschilar" xorvatiyalik futbolchini "Inter"ga mavsum yakunida sotib olish huquqi bilan ijaraga berishdi. Shime tibbiy ko‘rigdan o‘tganidan o‘ng ushbu transfer haqida rasman e’lon qilinadi.
Shu qatori, madridliklar PSV klubi a’zosi, Gollandiya chempionati eng yaxshi futbolchisi nomiga sazovor bo‘lgan Santyago Aryas bilan shartnoma imzolashga muvaffaq bo‘ldi. Aryas "Atletiko" safida 5 yil to‘p tepadi. Bu haqida klub rasmiy veb-sayti xabar bermoqda.
Fikrlar