
"Atletiko"ga "Bavariya" futbolchisi kerak
“Bavariya” klubi yarim himoyachisi Arturo Vidal yangi mavsumdan faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishi mumkin, deya xabar beradi A Bola nashri.
Futbolchi jamoaga “Shalke 04”dan Leon Goretskaning kelganidan norozi. Bu uning “Bavariya”dan ketish vaqti kelganini anglatishi mumkin.
31 yoshli futbolchiga “Atletiko” qiziqish bildirmoqda va uni Gabiga o‘rinbosar sifatida qaramoqda. Madridliklar myunxenliklarga Vidal uchun 15 million evro taklif qilishmoqchi.
Fikrlar