Azar "Borussiya"da qolishini aytdi
Myunxengladbaxning "Borussiya" klubi vingeri Torgan Azar o‘zining kelajagi borasida gapirib o‘tdi.
“Joriy qishki transferlar davrida jamoani tark etmayman. Aniq aytishim mumkinki, mavsum oxirigacha “Borussiya”da qolaman”, - deydi belgiyalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq unga “Liverpul”dan jiddiy qiziqishlar bo‘layotgani va u davralar oralig‘ida mersisaydliklar safiga ko‘chib o‘tishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar